notanish
Monday, 16 Jun 2025

Muqaddima

Kun har doimgidek boshlandi. Alarmy ilovasining yoqimsiz tovushi, boshimda og'riq, ichimda bo'shliq. Yoz keldi deguncha «cherepnoy davleniya»m ko'tariladi. Abituriyentlik davrimdan qolgan esdalik.
Bamdod namozini ado etib bo'lgach, boshqa xonaga chiqib yottim. Keyin esa... Tushimda Uni ko'rdim.
Doimgidek mahzun qiyofada. Balki bu, uning kulgusini unutib qo'yganimdandir. Biroq ko'rganimga odatdagidan farqli ravishda jiddiy e'tibor qaratmadim. 
Tushlik payti, ishga ketayotib, yuridik kolleji chorrahasidan qayrilar ekanman, ko'z qirim tanish chehraga tushgandek bo'ldi. Negadur yuragim bu o'sha deb pichirlagandek tuyuldi. 
O'girilib qaradim. Ha bu o'sha, bugun tushimda ko'rgan suyukligim F edi, svetafor tagida go'yoki meni kutib turgandek... To'g'risi, har safar unga to'qnash kelganimda nima qilishni unutib qo'yaman. Bu safar ham yo'limda davom ettim...
Bilmadim, bu oddiy tasodifmi yoki taqdirni bir belgisi? Balki barchasiga oydinlik kiritish vaqti kelgandir? Umid qilamanki ushbu yozishmalarim meni bezovta qilayotgan hayollarga barham berishga va balki, tuyg'ularimga oydinlik kiritishga yordam beradi.